Maşhurlar
Yulduz Usmonova qoraqalpoq yoshlariga 50 mln soʻm hadya qildi – video

Oʻzbekiston xalq artisti Yulduz Usmonova Qoraqalpogʻistondagi madaniy tadbirda yoshlarga 50 000 000 soʻm hadya qildi.
Xonanda Boʻzatov tumanida tashkil etilgan madaniy tadbirda ishtirok etgan. Shu konsert davomida u qoraqalpoq yoshlarining ilm olishi va rivojlanishi uchun oʻz hisobidan 50 million soʻm hadya qilgan. Yulduz Usmonova bu haqda gapirishni istamagani biroq undan shuni soʻrashganini aytdi.
“Yoshlar juda isteʼdodli. Oʻzi bu haqda gapirmoqchimasdim lekin aytishimni soʻrashdi. Mana shu yoshlarning rivojlanishiga oʻzimning hissamdan, peshona terim bilan topgan pulimdan 50 million hadya qilib ketish niyatim bor. Men bu xamir uchidan patir deb oʻylayman”, — deydi xonanda.
Manba: shoubiz.uz