Buxoro yangiliklari

Buxoroda IIB tunda yurgan o‘smir yigit-qizlarni “ovlamoqda” – foto

Kuni kecha Buxoro viloyat IIB JXX HPB Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazi hamda Buxoro shahar IIO FMB xodimlari hamkorligida tungi vaqtlarda Buxoro shahar hududida joylashgan kafe, bar, ko‘ngilochar maskanlarda turli ko‘ngilsiz hodisalar, jinoyat va huquqbuzarliklarni barvaqt oldini olishga qaratilgan navbatdagi reyd nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

Mazkur reyd tadbirlarida profilaktika inspektorlari va inspektor-psixologlar tomonidan aholi ayniqsa, voyaga yetmaganlar ishtirokida sodir etilishi mumkin bo‘lgan noxush holatlar oldini olishga e’tibor qaratildi.

[metaslider id=5015 cssclass=»»]

Jumladan, o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida ko‘chalarda bemaqsad va nazoratsiz yurgan voyaga yetmaganlar bilan profilaktik suhbatlar o‘tkazilib, tegishli tartibda qonuniy vakillariga topshirildi.

Ular o‘rtasida jinoyat sodir etmaslik va turli jinoyatlar qurboniga aylanib qolmaslikka doir tushuntirish ishlari olib borildi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati IIB Axborot xizmati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version