Maşhurlar

Husnora Shodiyevaning muxlisi uni ikkinchi xotinlikka taklif qildi – foto

Teleboshlovchi, xonanda Husnora Shodiyeva Instagram sahifasida unga ikkinchi xotin boʻlishni taklif qilgan muxlisiga javob qaytardi.

U bu kabi xabarlarni olish jirkanchligini aytgan. Xonanda ajrashgani uchun unga bunday mazmundagi xabarlarni yozmaslikni soʻragan. Teleboshlovchi shunday taklif berayotganlar oldin bitta oilasini eplab olishi kerakligini taʼkidladi. Shuningdek, Husnora Shodiyeva bunday takliflarga dinni qoʻshmaslikni soʻragan. Uning soʻzlariga koʻra, bu oddiy nafs.

“Bunday xabarlarni olish shunchaki jirkanch. Ajrashgan ekan deb menga bunday gaplarni yozmang. Iltimos, oldin bitta oilani eplab oling. 2 yoki 3 xotin olish ham oʻyinchoq boʻlib qoldi. Iltimos, dinni qoʻshmang. Bu oddiy nafs”, — deb yozadi xonanda.

Manba: shoubiz.uz

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version