Buxoro yangiliklari

Buxorolik o‘quvchi test sinovlarida 100% lik natija bilan 189 ballni qo‘lga kiritdi

Gʻijduvon tumanidagi 26-umumta’lim maktabi bitiruvchisi Rahmatillo Safoyev davlat test markazi tomonidan oliygohlarga o‘qishga kirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlaridan eng yuqori natijani qo‘lga kiritdi.

Ushbu iqtidorli o‘quvchi berilgan test savollarining barchasiga to‘g‘ri javob bergan holda 189 balni qayd etdi.

Endilikda Rahmatillo o‘zi tanlagan yo‘nalishda respublikamizning eng nufuzli OTM lariga grant asosida o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lish bilan bir qatorda Prezident stipendiyasi nomzodlari qatoriga qo‘shildi.

Eslatib o‘tamiz, ayni damda butun respublikamiz bo‘ylab bo‘lgani kabi Buxoroda ham 20-avgustga qadar OTM larga kirish imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Bu yilgi test jarayonlari Buxoro shahrida faqatgina 2 ta manzilda o‘tkaziladi. Bular, “Umid” futbol stadioni hamda “Dilkusho” tennis stadionidir. Quyida batafsil ma’lumor berilmoqda:

  • Nomi: “Umid” futbol stadioni.
  • Manzil: Buxoro shahri, Tursunoy Avezova ko‘chasi, 15/3-uy.
  • 1-sektor: 1–36-guruhlar.
  • 2-sektor: 37– 52-guruhlar.
  • Geo-lokatsiya: https://goo.gl/maps/acjTH1eDeMgE5jNG8
  • Nomi: “Dilkusho” tennis stadioni.
  • Manzil: Buxoro shahri, Islom Karimov ko‘chasi 24-uy.
  • Sektor: 3-sektor.
  • Guruhlar: 53–86-guruhlar.
  • Geo-lokatsiya: https://goo.gl/maps/VzT3GXbq1rS68ZHB7

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version