Buxoro yangiliklari

Nazoratsiz qolib ketgan voyaga yetmaganlarga IIB ko‘maklashmoqda

Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda viloyat IIB tasarrufidagi «Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy huquqiy yordam ko‘rsatish markazi» da 10 dan ortiq bolajonlar saqlanmoqda.

Markazda yangi o‘quv yili boshlangani munosabati bilan bolalarga biriktirilgan pedagog-xodimlar tomonidan ham o‘quv jarayonlari qizg‘in olib borilmoqda.

Bunda, darslarda bolalarga ham nazariy ham amaliy mashg‘ulotlar orqali ularning har sohada bilim va ko‘nikmalarini shakllantirib borishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Turli sabablarga ko‘ra, mazkur markazga olib kelingan voyaga yetmaganlar bilan ishlash davomida ularni ota-ona hamda Vatanga muhabbat ruhida tarbiyalash va ularning qiziqishlaridan kelib chiqib hayotga yo‘naltish borasida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda, deya xabar bermoqda, Buxoro IIB matbuot xizmati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version