Buxoro yangiliklari
Ravshan Irmatov Buxoroga keldi

O‘zbek futbolining 110 yilligi munosabati bilan Buxoro viloyatida ham futbol festivali bo‘lib o‘tdi.
Mazkur bayram tadbirlari doirasida O‘zbekiston futbol assotsiatsiyasi birinchi viste-prezidenti Ravshan Ermatov boshchiligidagi delegasiya, o‘zbek futbolining faxriylari, viloyat hokimligi, sektorlar rahbarlari va sport jamoatchiligi ishtirokida uchrashuvlar o‘tkazildi.
Xususan, OʻFA delegatsiyasi va OAV vakillari Buxoro viloyati Shofirkon tumanidagi futbol akademiyasiga tashrif buyurishdi. Akademiyada yosh sportchilar bilan suhbat tashkil etildi. Boʻlgʻusi futbolchilarga oʻz ustida ishlash, kelajakda terma jamoa futbolchisi boʻlish uchun tinimsiz mehnat qilish kerakligi aytildi. Shofirkon tumanidagi futbol akademiyasi mutasaddi va murabbiylari bilan suhbatlashib, akademiya faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha bir qator tavsiyalar berib oʻtdi.
Ravshan Irmatov uchrashuv yakunida yoshlarga oʻz maslahatlarini berib, kelajakdagi faoliyatlarida omad tiladi. Akademiya tarbiyalanuvchilariga esdalik sovgʻalari berildi.
Viloyat hokimligi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan tadbirda esa Botir Zaripov mehmonlar oldida viloyatda futbol rivoji yoʻlida amalga oshirilgan ishlar va boʻlajak rejalar bilan oʻrtoqlashdi.
Uchrashuv soʻngida Buxoro viloyati hokimi Botir Zaripovga “Oʻzbekiston futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun” koʻkrak nishoni topshirildi. Bundan tashqari, bir qator faxriy hamda mutasaddilarga esdalik sovgʻalari berildi.