Buxoro yangiliklari
Qorako‘llik maktab o‘quvchisi Osiyo chempioni bo‘ldi

Joriy yilning 4-sentabrdan 8-sentabr kuniga qadar Tailand davlatining Chon Buri shahrida sportning milliy kurash turi bo‘yicha yoshlar o‘rtasida VII Osiyo chempionati musobaqasi bo‘lib o‘tdi. Qit’amizning 20 yoshgacha bo‘lgan eng kuchli sportchilari ishtirok etgan chempionatda buxoroliklar ham munosib qatnashdilar.
Mazkur musoboqada kurashchimiz Qorako‘l tumani Olimpiya va milliy sport turlari bo‘yicha ixtisoslashtirilgan davlat maktab internatining tarbiyalanuvchisi Quvonchbek Sadinov munosib ishtirok etib, bronza medali sohibi bo‘ldi.
Kecha, 12-sentabr kuni Qorako‘l tumani hokimligida Quvonchbek Sadinov va uning murabbiyi Ohun Samandarovni taqdirlash, yosh sportchilarga motivasiya berishga qaratilgan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Qorako‘l tumani hokimi Xurshid Toxirov so‘zga chiqib, barchani tinimsiz mehnat va shijoat namunasi bo‘lgan ushbu g‘alaba bilan tabrikladi, sportchi yoshlarning keyingi faoliyatiga omadlar tilandi.