Buxoro yangiliklari
Lababiyonda mahalla tibbiyot punkti qurildi

Joriy yilning 28-mart kuni Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev raisligida sog‘liqni saqlash sohasida belgilangan vazifalarni amalga oshirish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida mahallalarda maxsus konteynerlardan foydalangan holda mahalla tibbiyot punktlarini tashkil etish bo‘yicha tegishli topshiriqlar berilgan edi.
Ushbu topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida, Buxoro viloyatining Buxoro tumanining “Bog‘ikalon”, “Qavola Mahmud” hamda “Zarmanoq” mahallarida 4 ta mahalla tibbiyot punkti tashkil etilmoqda.
Xuddi shunday, 10-sentabr kuni tumandagi “Qavola Mahmud” mahallasidagi Lababiyon qishlog’ida yangi mahalla tibbiyot punkti foydalanishga topshirildi, – deya xabar bermoqda Buxoro tumani hokimligi axborot xizmati.