Özbekiston
Ishsiz bo‘lgan fuqarolar davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlanishi haqida xabardormisiz?

Amaldagi qonunchilikka ko‘ra, ishdan mahrum bo‘lgan, birinchi marta ish qidirayotgan, yoki 1 yildan ko‘proq tanaffusdan keyin ishni qayta boshlashni istagan va ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxslarga:
• ishsizlik nafaqasi to‘lash;
• qaramog‘idagilarni hisobga olgan holda moddiy yordam berish;
• kasb o‘rganish, malaka oshirish yoki qayta tayyorlash davrida stipendiya to‘lanishi hamda shu davrni mehnat stajiga qo‘shish;
• haq to‘lanadigan jamoat ishlarida qatnashish imkoniyati taʼminlanadi.
Ish qidirayotganlarni ro‘yxatga olish, ishsiz deb eʼtirof etish, ularga yordam ko‘rsatish, ishsizlik nafaqalarini to‘lash tuman (shahar) aholi bandliliga ko‘maklashish markazlari tomonidan amalga oshiriladi.
Asos: O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘grisida” gi qonuni