Buxoro yangiliklari
Vobkentdagi bankda o‘g‘ri qo‘lga olindi (-mi?)

Kuni kecha tegishli huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Vobkent tumanida joylashgan TIF Milliy bank filiali binosida maxsus taktik-o‘quv mashg‘uloti o‘tkazishdi
Vobkent tuman Qo‘riqlash bo‘limi tashabbusi bilan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi, IIB va Tibbiyot birlashmasi bilan hamkorlikda Vobkent tumani markazida joylashgan Milliy bank filialida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan murakkab favqulodda vaziyatlarni oldini olish maqsadida ishchi xodimlar bilan uchrashuv tashkil qilinib, jinoyatchini ushlash borasidagi taktik mashg‘ulot o‘tkazildi.