Buxoro yangiliklari
Olot hokimi Nargiza Ne’matova paxta dalasida

Olot tumanida paxta terimi avjida, deya xabar bermoqda hokimlik axborot xizmati o‘zining Telegram-kanalida joylashtirgan xabarida.
Joriy yilda olotlik fermer xo‘jalik rahbarlari 7952 gektar maydonga chigit ekib, qisqa fursatda davlatga paxta sotish rejasini bajarishni o‘z zimmalariga olganlar. Bugungi kunda ushbu maydonda parvarish qilinayotgan g‘o‘za ko‘chatlari uchun belgilangan agrotexnik tadbirlar o‘z muddatlarida bajarilib, “oq oltin” yetishtirildi. Hosilni nes-nobud qilmasdan yig‘ib olish esa mas’uliyatni talab etadi.
Bugun paxta dalalarida Olot tumani hokimi Nargiza Nematova va sektor rahbarlari, mehnat faxriylari, hudud rahbarlari paxta dalalarida bo‘lib,terimchilar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.
Har bir dalada jonliq so‘yilib, Qur’on tilovat qilinib, paxta yig‘imiga kirishilmoqda. Terimchilarga osh tortilib, bu yilgi paxta xirmoni barakali kelishini, dala zahmatkashlari va tumanning “yuzi” yorug‘ bo‘lib, paxta topshirish rejasini ortig‘i bilan bajarishni so‘rab duoga qo‘l ochishdi.