Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB boshlig‘i Shuhrat Aliyev ishga yangi qabul qilingan xodimlarga xizmat guvohnomalarini topshirdi

Buxoro viloyati Ichki ishlar organlarida bo‘sh bo‘lgan ofitserlik hamda safdorlik lavozimlari ichki ishlar organlari xizmatiga nomzodlarni tanlab olish tadbirini tashkil etish va o‘tkazish to‘g‘risidagi yo‘riqnomani tasdiqlash haqidagi O‘zbekiston Respublikasi IIV ning joriy yil 5-mart kunidagi 52-sonli buyrug‘i talablariga binoan o‘tkazilgan tanlov asosida 75 nafar nomzodlar tanlab olinib ishga qabul qilindi, – deya xabar bermoqda boshqarma Matbuot xizmati.

Kecha, 19-sentabr kuni Ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘ining shaxsiy tarkib bo‘yicha buyrug‘i asosida lavozimlarga tayinlangan xodimlarga boshqarma boshlig‘i tomonidan xizmat intizomi va qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilinishi, xizmat vazifalarini mukammal o‘zlashtirish, xizmat kiyimini kiyib yurish qoidalariga amal qilish shuningdek, xizmat faoliyatini belgilab beruvchi normativ huquqiy hujjatlarni, buyruqlarni mukammal o‘rganib, xizmat faoliyati davomida ulardan unumli foydalanishi bo‘yicha yo‘riqnoma berildi hamda xizmat guvohnomalari topshirildi.

Shu o‘rinda, davlatimiz rahbarining 2021-yil 15-aprel kunidagi tegishli qarori talablaridan kelib chiqib, muddatli va safarbarlik chaqiruv rezervida harbiy xizmatni o‘tgan, Buxoro shahar bo‘yicha IIO FMB da profilaktika inspektorining yordamchisi lavozimida xizmat qilib kelgan 3 nafar o‘rta-maxsus maʼlumotga ega erkin yollangan xodimlar va 3 nafar IIV Buxoro akademik litseyini tamomlagan o‘quvchilarning ishga qabul qilinganligi sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning natijasi desak mubolag‘a bo‘lmaydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version