Buxoro yangiliklari

Endi o‘zbek TV sida reklamalar rus tilida ko‘rsatilmaydi?

Joriy yilning 7-iyunda imzolangan «Reklama to‘g‘risida» gi yangi qonun 1-sentabrdan kuchga kirdi. Unda O‘zbekiston hududida reklama davlat (o‘zbek) tilida tarqatilishi shart. Shuningdek, yana bir qator o‘zgarishlar ham mavjud bo‘lib, jumladan quyidagilar ta’qiqlanadi:

– ona sutining o‘rnini bosuvchi mahsulotlarni reklama qilish;

– narxlarni (tariflarni) chet el valyutasida ko‘rsatish;

– “Bolalarni ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazuvchi axborotdan himoya qilish to‘g‘risida” gi Qonunda nazarda tutilgan hollarda axborot mahsulotini yosh tasnifini ko‘rsatmasdan reklama qilish;

– milliy va oilaviy an’analarga, shuningdek axloq va ma’naviyatning umum qabul qilingan normalariga zid bo‘lgan shakllar, iboralar va obrazlardan foydalanish;

– energetik ichimliklarning reklamasini soat 7:00 dan soat 22:00 gacha televideniye va radio orqali reklama qilish;

– tamaki mahsulotlarini hamda tamakini va nikotinni iste’mol qilish moslamalarini reklama qilish;

– dori vositalarini reklama qilishda taniqli shaxslarning, tibbiyot xodimlarining yoki tashqi ko‘rinishi shifokorlarning tashqi ko‘rinishiga o‘xshash shaxslarning ishtirok etishi;

– alkogol mahsulotlari reklamasi.

Boshqa tillarda reklama berishning qanday shartlari bor?

«Reklama to‘g‘risida» gi Qonunning 6-moddasiga binoan, reklama mazmunining tarjimasi quyidagi hollarda boshqa tillarda takror berilishi mumkin:

1. Reklamaning boshqa tillardagi tarjimasi uning o‘zbek tilidagi asosiy ma’nosini buzib ko‘rsatmasligi kerak;

2. Tashqi reklamadagi boshqa tillardagi reklama matni o‘zbek tilidagi reklama matnining pastki qismida gorizontal holda joylashtirilishi va umumiy reklama maydonining qirq foizidan oshmasligi kerak;

3. Boshqa tillardagi reklama matni harfining o‘lchami o‘zbek tilidagi reklama matni harfining o‘lchamidan kichik bo‘lishi kerak;

1. Tele- va radiokanallarda, shuningdek bosma nashrlarda tarqatiladigan boshqa tillardagi reklama har kungi umumiy reklama hajmining yigirma foizidan oshmasligi kerak.

Eslatma: bu qoidalar faqat chet tillarda e’lon qilinadigan OAV lar (yoki boshqa tillardagi dasturlar) da joylashtiriladigan reklamaga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version