Buxoro yangiliklari

Buxoro shahrida 120 000 000 so‘mlik mukofot jamg‘armasiga ega musoboqa tashkil etiladi

Joriy yilning 24-sentabr kuni kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida “Polvonlari ko‘p yurt-qudratli bo‘lur!” shiori ostida Buxoro viloyat hokimi sovrini va Buxoro viloyat prokurori sovrini uchun viloyat ochiq kubogi musobaqasi bo‘lib o‘tadi.

Mazkur nufuzli musobaqa Buxoro shahridagi Poyi Kalon majmuasida bo‘lib o‘tadi va unda respublikamizning barcha hududlaridan polvonlar gilamga chiqishadi.

Musobaqada g‘olib va sovrindor bo‘lgan jamoalar medallar, diplomlar va pul mukofotlari bilan taqdirlanadi, uning sovrin jamg‘armasi esa 120 000 000 so‘mni tashkil etib, quyidagi tartibda taqsimlanadi:

1–o‘rinni egallagan jamoaga – 60 000 000 so‘m;
2–o‘rinni egallagan jamoaga – 30 000 000 so‘m;
3–o‘rinni egallagan jamoaga – 15 000 000 so‘m.

Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang va shu bilan birga eng kuchli yosh polvonlar g‘alabasiga guvoh bo‘ling!

Eslatma! Musobaqada qatnashish istagida bo‘lganlar yashash manzili bo‘yicha tuman/shahar hokimliklari yoki mahallaning yoshlar yetakchilariga murojaat qilishlari mumkin!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version