Buxoro yangiliklari
Chuvalchanglardan millionlar topayotgan qorovulbozorlik tadbirkor

Ko‘pchiligimiz chuvalchanglarning foydasi haqida eshitganmiz. Lekin ulardan daromad olishnichi?
Qorovulbozor tumanining “Bo‘zachi” mahallasida istiqomat qilib kelayotgan yosh tadbirkor Firdavs Samadov chuvalchangdan ham “million” topish mumkinligini isbotladi. Joriy yilning fevral oyida 1 m2 maydonda 3 000 000 so‘m evaziga Kaliforniya chuvalchanglari xarid qilgan qahramonimiz qisqa muddat ichida 30 000 000 so‘mdan ortiq daromad qilishga erishdi.
Hozirda yosh tadbirkor ushbu faoliyat turi bilan keng ko‘lamda shug‘ullanmoqda. Hozirgi kunda 150 m2 maydonda Kaliforniya chuvalchanglari orqali biogumus tayyorlamoqda.
“ – Ushbu tadbirkorlik faoliyatim orqali oilamga qo‘shimcha daromad keltiryapman. Dekabr oyida 150 m2 maydondagi biogumus tayyor holga keladi. Har bir kilogramini o‘rtacha 1 500 so‘mdan sotamiz. Bundan tashqari Kaliforniya qizil chuvalchanglarini har bir m2 3 000 000 so‘mdan sotilganda, 300 000 000 so‘mdan ortiq daromad qilishni rejalashtiryapmiz”, – deydi suhbat jarayonida Firdavs Samadov.