Buxoro yangiliklari

Bolgariyada o‘tgan boks bo‘yicha xalqaro turnirda buxorolik qiz g‘oliblar safida

Kecha, 22-sentabr kuni Bolgariya mezbonligi ostida 3 kun davom etgan boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi xalqaro turnir o‘z yakuniga yetdi.

Biz uchun ahamiyatlisi, ushbu musobaqada O‘zbekiston ayollar terma jamoasi safida Buxoro boks maktabi tarbiyalanuvchisi Farzona Fozilova ham ishtirok etdi.

Musobaqaning final bosqichiga qadar yetib borgan viloyatdoshimiz oltin medal ostonasida mezbon bokschiga qarshi ringga ko‘tarildi va teng kurashlar ostida kechgan jangda imkoniyatni boy berib qo‘ydi hamda Kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Go‘zal va matonatli buxorolik Farzonani qo‘lga kiritilgan faxrli 2-o‘rin bilan tabriklaymiz!

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version