Buxoro yangiliklari

Buxoroda qamoqxona xodimlari o‘rtasida «Zakovat» o‘yini o‘tkazildi

Jazoni ijro etish muassasalari xodimlari o‘rtasida «Zakovat» intellektual o‘yini o‘tkazildi.

Kuni kecha, aniqrog‘i joriy yilning 23-sentabr kuni Kogon tuman Axborot-resurs markazida O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi JIED 6mintaqaviy hududda joylashgan jazoni ijro etish muassasalari xodimlari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi.

Tadbirda 6-mintaqaviy muvofiqlashtirish markazi boshlig‘i podpolkovnik Sh. Radjabov, Ma’naviyat va ma’rifat markazi Buxoro viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Q. Dehqonov hamda Yozuvchilar uyushmasi Buxoro viloyati boshqarmasi rahbari Shodmon Sulaymon ishtirok etdilar.

O‘yin reglamentiga ko‘ra, unda 5 ta jamoa qatnashdi. Har bir jamoada esa 5 nafardan ishtrokchi bor edi. Musobaqa qiziqarli va bahsli vaziyatlarga boy o‘tdi. Uning so‘ngida esa barcha g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilab taqdirlanishdi.

“Zakovat” intellektual o‘yinini o‘tkazishdan ko‘zlangan asosiy maqsad – xodimlarning bilim saviyasi, kasb mahorati va malakasini oshirishdan iborat bo‘ldi

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version