Buxoro yangiliklari

Vobkentda badiiy gimnastika bo‘yicha viloyat birinchiligi o‘tkazildi

Joriy yilning 24-sentabr kuni Vobkent tumanida joylashgan Bolalar va o‘smirlar sport maktabida badiiy gimnastika bo’yicha Buxoro viloyati ochiq birinchiligi musobaqasi tashkil qilindi, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Mazkur musobaqada viloyatimizning Vobkent tumanidan tashqari, Shofirkon, Jondor, Qorovulbozor, Kogon, Buxoro tumanlaridan jami 120 nafar ishtirokchilar jamoaviy chiqishlarda ishtirok etdilar.

Umumjamoa hisobida Shofirkon tumani 1-, Vobkent tumani 2-, Kogon tumani esa 3-o’rinni qo‘lga kiritishdi. G’olib va sovrindorlarga Buxoro viloyati sportni rivojlantirish bosh boshqarmasi tomonidan diplom va medallar taqdim etildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version