Buxoro yangiliklari

G‘ijduvon tumani hokimi respublikada analogi yo‘q tanlov joriy qilganligidan xabaringiz bormi?

Kitob va kitobxonlik – inson ma’naviyati ko‘zgusi

G‘ijduvon tumanida o‘quvchi yoshlar orasida kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishni yanada oshirish maqsadida “1 oyda 2 ta kitob o‘qiyman” tanlovi har oyda o‘tkazilib kelinmoqda, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.

Joriy yilning 22-sentabr kuni mazkur tanlovining 3 yosh toifasi bo‘yicha tuman bosqichida gʻoliblikni qoʻlga kiritgan 11 nafar o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalariga diplom va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.

Bu kabi tadbirlar yoshlarni kitobxonlikka chorlash, ularning kitob mutolaasiga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish va shu orqali ularning maʼnaviy dunyosini boyitish, ona Vatanni sevish, unga sadoqat tuyg‘ularini shakllanishiga, shuningdek, bunyodkorlik g‘oyalarini yuzaga chiqarishdek ezgu maqsadlarni o‘zida mujassam etganligi bilan yanada ahamiyatlidir.

Qayd etish joizki, mazkur “1 oyda 2 ta kitob o‘qiyman” tanlovi respublikada yagona bo‘lib, shaxsan tuman hokimi Sherzod Ashurov tashabbusi bilan tadbiq qilingan.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version