Buxoro yangiliklari

O‘zbekiston davlat satira teatri Buxoroda spektakl namoyish etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Madaniyat va san’at sohasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” qarori ijrosini ta’minlash maqsadida 24-sentabr kuni Respublika davlat satira teatri artistlari tomonidan Buxoro musiqali drama teatrida R. Allanazarov rejissorligi ostidagi “Julqunboy” nomli komediyali sahnalashtirilgan spektakli namoyishi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur namoyish avvalida Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi rahbari D. Ne’matov, viloyat musiqali drama teatri bosh rejissyori G. Husenova hamda O‘zbekiston davlat satira teatri direktor o‘rinbosari Q. Meliyev so‘zga chiqib, tomoshabinlarga xush kayfiyat va yaxshi ma’naviy xordiq chiqarishlarini tilashdi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyat madaniyat boshqarmasi matbuot xizmati.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version