Buxoro yangiliklari

Buxoroda YXHT bilan hamkorlikda davra suhbati o‘tkazildi

Joriy yilning 26-sentabrdan 2 kun davomida Buxoro shahrining “Sahid Zarafshan” mehmonxonasining konferens-zalida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlar, Oila va gender komissiyasi hamda Yevropada Xavfsizlik va Hamkorlik Tashkiloti hamkorligida “Ayollar, tinchlik va xavfsizlik: kun tartibi va uning inson huquqlari bilan bog‘liqligi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Ochiq muloqot davomida viloyat huquqni muhofaza qiluvchi idoralari ham faol qatnashdilar. Bunda xotin-qizlarning mavjud muammolarini hal qilish bilan birga, ularning jamiyatdagi rolini oshirish, ayollar o‘rtasida huquqbuzarlik va jinoyatchilikni barvaqt oldini olish, oiladagi turmush doirasida ko‘ngilsiz holatlarning ishtirokchisiga aylanib qolmaslik borasida ma’ruzalar qilindi.

Davra suhbatiga Tojikiston delegatsiyasi ham tashrif buyurdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version