Buxoro yangiliklari
Buxorolik sportchi qizlar respublikada birinchi – foto

Joriy yilning 27-sentabr kuni poytaxtimiz Toshkent shahrida “Sport – nafislik va salomatlik manbai” festivalining respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Mazkur tadbirda sportning shahmat, shashka, stol tennisi va stritbol turlari bo‘yicha respublikamizning barcha viloyatlaridan terma jamoalar ishtirok etishdi.
Quvonarlisi, ushbu musobaqalarida Buxoro viloyati vakillari shahmat, shashka va stritbol sport turlari bo‘yicha umumjamoa hisobida faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi.
Xususan, viloyatimiz terma jamoasi safida shahmatda Shahnoza Ochilova, shashkada Nigina Bozorova oltin medalga ega chiqqan bo‘lsa, Alfiya Reyaspova, Gulnoz Yusupova, Diana Mo‘minova, Anastasiya Xalikova, Nigina Tagiyevalardan iborat jamoa stol tennisi va stritbolda tengsiz ekanliklarini isbotlashdi.
Shuningdek, buxorolik Manzura Sa’dullayeva “Eng yoshi ulug‘ ishtirokchi” (stol tennisi) nominatsiyasi bo‘yicha ham taqdirlandi.