Buxoro yangiliklari

Buxoro IIB xodimlari talaba qizlar yotoqxonasiga nega borishdi?

Buxoro shahar IIB mas’ullari tomonidan Buxoro davlat universiteti va Buxoro muhandislik texnologiyalari instituti yotoqxonalarida talaba qizlar ishtirokida profilaktik targʻibotlar oʻtkazildi.

Ular oʻrtasida sodir etilishi mumkin boʻlgan jinoyat va huquqbuzarliklarning oldini olishga doir ma’lumotlar berildi. Tashkil qilingan muloqot davomida yotoqxona ichki tartib-intizomiga hamda jamiyatda yurish-turish va odob-axloq qoidalariga amal qilish, ayniqsa, tungi vaqtlarda bemaqsad yurish oqibatida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan turli ko‘ngilsiz holatlar xususida ogohlantirildi.

Shuningdek, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyatdagi rolini mustahkamlashga doir yaratilayotgan qulay va keng imkoniyatlardan qanday samarali foydalanish haqida tushunchalar berildi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version