Buxoro yangiliklari
Buxoro shahridagi havo tarkibi tahlil qilindi

Kuni kecha Buxoro shahrining turli joylaridan kunning tonggi, kechki hamda tushlik vaqtida atmosfera havosi tarkibidan tahlil uchun namunalar olindi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyat Ekologiya boshqarmasi matbuot xizmati.
Olingan tahlil natijalariga ko‘ra, shaharda avtotransport vositalari serqatnov bo‘lgan vaqtda is gazi (CO) miqdori belgilangan me’yordan oshganligi, kunning boshqa vaqtlarida olingan tahlil natijalariga ko‘ra, atmosfera havosi tarkibidagi moddalar miqdori belgilangan me’yor talablaridan oshmaganligi ma’lum bo‘ldi.
Ta’kidlash kerakki, olingan natijalar Buxoro viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish boshqarmasi tarkibidagi Atrof-muhitni ifloslanishini monitoring qilish bo‘limi xodimlari tomonidan “Eko-laboratoriya” avtotransport vositasida hamda «EkoLab» o‘lchov vositasi yordamida tahlil qilingan.