Buxoro yangiliklari
Buxorodagi maktab o‘quvchilari orasida “Zakovat” o‘yini natijalari e’lon qilindi

Joriy yilning 28-sentabr kuni Yoshlar ishlari agentligi va Buxoro viloyat xalq ta’limi boshqarmasi hamkorlikda umumiy o‘rta ta’lim maktablari orasida o‘tkazilgan “Zakovat” intelektual o‘yinining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
Unda umumta‘lim maktablarining tuman/shahar bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 39 ta jamoa o‘zaro bellashishdi. Yakuniy natijalar esa quyidagicha bo‘ldi:
1-o‘rin – Buxoro shahridagi 35-sonli maktab jamoasi;
2-o‘rin – Shofirkon tumanidagi 6-sonli maktab jamoasi;
3-o‘rin – Qorovulbozor tumanidagi 8-sonli maktab jamoasi.
G‘olib jamoalar respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi hamda diplom va “Zakovat” intellektual klubi tomonidan qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.