Buxoro yangiliklari

Olot va Qorako‘l tumanlarida yangi gaz-kimyo majmuasi quriladi

Ayni kunlarda Olot va Qorako‘l tumanlarida kimyo-gaz majmuasi qurilishining dastlabki harakatlariga kirishilgan, – deya xabar bermoqda Olot tumani hokimligi matbuot xizmati.

Jumladan, korxona faoliyati uchun jami 250 gektar yer maydoni Qorako‘l tumani, O‘tiq-Do‘rman qishlog‘idan, shuningdek, “Olot–Buxoro” temir yo‘lining sharqidagi Qorako‘l davlat o‘rmon xo‘jaligi yerlaridan ajratilgan. Bunda gaz-kimyo ishlab chiqarish korxonasi faoliyatining muvofiqligini tasdiqlash maqsadida viloyat Yer resurslari va davlat kadastri, Sog‘liqni saqlash, Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish, viloyat Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi hududiy boshqarmalari, ekspert-mutaxassislar xulosalari olingan.

Unda gazoximik kompleksi bunyodkorligi uchun tanlangan yer maydoni va uning muhofaza zonasida qurilish uchun ta’sir etuvchi biror obyekt mavjud emasligi o‘z isbotini topgan.

Yiliga tabiiy gazni qayta ishlab, undan 700 000 tonnadan ortik polimer mahsulotlari olinadigan va mingdan ortiq mahalliy yoshlar ish bilan ta’minlanadigan gaz-kimyo korxonasining hademay boshlanadigan qurilishiga 8 000 nafar quruvchi-mutaxassis jalb qilish ko‘zda tutilgan.

Umumiy qiymati 2,7 milliard AQSh dollari miqdorida baholangan mazkur korxona istiqboliga katta ishonch bildirilgan. “Jizzakh petrolium” MChJ qo‘shma korxonasi yetakchi mutaxassislari tomonidan bugun Olot tumani hokimligi katta majlislar zalida so‘rovnomalar o‘tkazildi.

Muzokarada nafaqat Olot va Qorako‘l tumanlari, balki viloyat iqtisodiyoti uchun muhim ahamiyatga ega majmua qurilishi bilan bog‘liq tashkiliy masalalar atroflicha o‘rganildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version