Buxoro yangiliklari
Vobkentlik yoshlar qo‘riqlash bo‘limi tomonidan tashkil etilgan musoboqada taqdirlanishdi

Vobkent tumani Qo‘riqlash bo‘limi hamda tuman Yoshlar agentligi bilan hamkorlikda yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ular o‘rtasida jismoniy va aqliy sportni keng rivojlantirish maqsadida tuman “Yoshlar markazida” sportning shahmat va shashka turi bo‘yicha musoboqa tashkil etildi.
Ushbu musoboqada 50 otiq yoshlar ishtirok etib, o‘z mahoratlarini amalda sinab ko‘rishdi. Ko‘tarinki kayfiyat va o‘zaro do‘stlik ruhida o‘tgan musobaqa qizg‘in bellashuvlarga boy bo‘ldi. Musobaqa yakunida g‘oliblar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlanishdi.