Buxoro yangiliklari
“Namangan – Buxoro – Namangan” yo‘nalishida ilk qatnov amalga oshirildi – fotojamlanma

Kuni kecha “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasining Namangandan parvoz etgan “Airbus A320” samolyoti Buxoro xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi, – deya xabar bermoqda Buxoro viloyati Transport boshqarmasi matbuot xizmati.
Eslatib o‘tamiz, «Uzbekistan Airways» kompaniyasi joriy yilning 27-sentabridan respublika ichidagi yo‘nalishlar bo‘yicha yangi qatnovlar joriy etilishini ma’lum qilgan edi. Xususan, Buxoro shahridan Namangan shahriga yangi reys yo‘lga qo‘yildi. Ushbu “Namangan – Buxoro – Namangan” yo‘nalishidagi qatnovlar chorshanba kunlari amalga oshiriladi.
Namangandan jo‘nab ketish:
soat 17:45 da;
Buxoroga yetib borish:
soat 19:05 da.
Buxorodan jo‘nab ketish:
soat 19:55 da;
Namanganga yetib borish:
soat 21:05 da.
“Namangan – Buxoro” yo‘nalishi chipta narxi 292 998 so‘mdan, “Namangan – Buxoro – Namangan” yo‘nalishi chipta narxi esa 596 849 so‘mdan boshlanadi.