Buxoro yangiliklari

Milliy gvardiya xodimlari oilaviy bolalar uylariga nega borishdi?

Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tomonidan viloyatimizda tashkil etilgan Oilaviy bolalar uylarining kuz-qish mavsumiga tayyorligi ko‘zdan kechirildi.

Oilaviy bolalar uyida kuz-qish mavsumini betalofat o‘tkazish, favqulodda va baxtsiz hodisalarni sodir etilishini oldini olish, tarbiyalanuvchi bolalarni xavfsizligini ta’minlash maqsadida Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi, Qo‘riqlash boshqarmasi hamda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, Hududgaz va elektr tarmoqlari korxonalari bilan hamkorlikda ishchi guruh tuzilib, viloyatda faoliyat yuritayotgan oilaviy bolalar uylarida o‘rganish ishlari olib borilib, xonadonlardagi yong‘in xavfsizligi, gaz, elektr va boshqa xizmat ko‘rsatish jihozlarining texnik holati ko‘zdan kechirildi.

Ota-onalar va tabiyalanuvchilarga yong‘in xavfsizligi, gaz va elektr ta’minoti qoidalariga qat’iy rioya qilishlari bo‘yicha profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi, – deya xabar bermoqda boshqarma matbuot xizmati.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version