Islom
Iymon nima?

Allohdan xavf qilib, qalbga kelgan o‘y-xayollarni ogʻir sanashning fazli haqida
Banda Allohning zoti, shariat va din ishlari haqida qalbiga keladigan turli vasvasalar, yomon o‘ylar va bo‘lmag‘ur fikrlarni og‘ir sanab, uni tiliga chiqarishdan qattiq qo‘rqishi, ularni haydashga harakat qilishi ravshan iymon deyilgan.
Hadisda aytiladi: Bir guruh odamlar Rasululloh sollalohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:
«– Ey Rasululloh! Bizning nafsimizga (qalbimizga) shunday narsalar (o‘ylar) keladiki, uni katta (og‘ir ish, ulkan gunoh) sanaymiz», – deyishdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:
«– Haqiqatda (qalbingizda) shu narsalarni topyapsizlarmi? Mana shu ayni (ravshan) iymondir!», – dedilar (Imom Muslim rivoyati).
Ya’ni obod qalbga qilinadigan hujumni iymonning alomatiga yo‘ydilar.
“Shajaratul maorif” kitobidan.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.