Buxoro yangiliklari
Buxorodagi ichki ishlar xodimlari qo‘l jangi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi

Kuni kecha Vobkent tumanidagi “Bolalar va o‘smirlar sport maktabi” da viloyatdagi ichki ishlar xodimlari o‘rtasida sportning “Qo‘l jangi” turi bo‘yicha tumanlararo musobaqa o‘tkazildi. Mazkur bellashuvlarda shahar–tuman IIB larining 13 ta jamoasi ishtirok etib, xodimlar 7 ta vazn toifasi bo‘yicha o‘zaro kuch sinashdi.
Qizg‘in va murosasiz kechgan bahslarda umumjamoa hisobida Buxoro tumani IIB jamoasi faxrli uchinchi va Vobkent tumani IIB jamoasi ikkinchi o‘rinni band qilishgan bo‘lsa, shohsupaning birinchi pog‘onasini viloyat IIB PPXB jamoasi egalladi.
Gʻoliblar boshqarma boshlig‘ining kubogi va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanishdi.