Buxoro yangiliklari
Qo‘g‘irchoq teatri bolalar va ayollar internat uylarida konsert dasturi namoyish etishdi

Kuni kecha Buxoro viloyat qo‘g‘irchoq teatri Buxoro shahrida joylashgan “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan bolalar uchun internat uyi tarbiyalanuvchi xursand qilish maqsadida o‘zlarining shou-konsert dasturlari bilan mazkur maskanga tashrif buyurishdi, – deya xabar qilmoqda muassasa matbuot xizmati.
Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-sentabrdagi 10-33/1-465-sonli “Keksalar haftaligi” ga tayyorgarlik ko‘rish va uni yuqori saviyada o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi majlis bayoni bo‘yicha “Muruvvat” nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun ayollar internat uyida ham bo‘lishib, ular uchun maxsus tayyorlangan bayramona chiqishlar qilishdi.