Buxoro yangiliklari
G‘ijduvonda “Prezident maktabi” oʻz ishini boshladi

Shu munosabat bilan tuman hokimi, davlat va jamoat tashkilotlari vakillari, nuroniylar, 48 nafar o‘qituvchi, 530 nafar o‘quvchi yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirokida uchrashuv tashkil etildi.
Mazkur uchrashuvda G‘ijduvon tumani hokimi Sherzod Ashurov Prezident maktabining fiali ish boshlaganligi bilan barchani muborakbod etgan holda nutq so‘zladi:
“– Endilikda, ushbu maktabda ta’lim olishni davom ettiradigan salohiyatli yoshlarimizdan kelajakda buyuk olim, professor, o‘z kasbining yetuk mutaxassislari yetishib chiqadi”, – dedi tuman hokimi Sherzod Ashurov, – deya xabar bermoqda tuman hokimligi matbuot xizmati.