Buxoro yangiliklari

Romitanda IIB “O‘quvchi” va “Bozor” reydlari o‘tkazdi

O‘quvchining bo‘sh vaqti qanday o‘tayapti?!
Bu savol har doim hammani birday qiziqtirib kelayotgani aniq. Ayniqsa, ota-onalar va o‘qituvchilarning kundalik faoliyati bevosita shu jarayonga bog‘liq.

Xo‘sh, u qanchalik samara berayapti? Bu borada mamlakatimizda aniq tizim yaratilgan. O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligining tashabbusi va tashkilotchiligi bilan haftaning har payshanba kuni “O‘quvchi reydi” va “Profilaktika kuni” tadbirlarining samaradorligi katta bo‘layapti.

Kuni kecha, aniqrog‘i 6-oktabr kuni tuman Xalq ta’limi bo‘limi tasarrufidagi 7-son ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabida tahsil olayotgan o‘quvchi yoshlar ishtirokida yig‘ilish o‘tkazildi. Unda Bolalarni himoya qilish shoʻbasi bosh mutaxassisi F. Xudoyberdiyeva, Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha katta inspektor N. Fattulayeva, voyaga yetmaganlar masalalari bo‘yicha katta inspektor-psixolog S. Aslonova, maktab o‘quvchilari, o‘qituvchilar, jamoatchilik vakillari, MFY faollari hamda ichki ishlar xodimlari ishtirok etishdi, – deya xabar bermoqda Romitan tuman hokimligi matbuot xizmati.

Yig‘ilish davomida o‘quvchi qizlarga odob-axloq, kiyinish, muomala madaniyati, shuningdek ommaviy madaniyat, telefon va telefondan foydalanish madaniyati haqida tushunchalar berildi.

Shu kunni o‘zida hamkor tashkilotlar bilan birgalikda darsga bormasdan bemaqsad yurgan, vaqtlarini internet-kafe va boshqa joylarda o‘tkazayotgan voyaga yetmaganlarni aniqlash maqsadida “O‘quvchi” va “Bozor” reydlari o‘tkazilib, ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari, tajribali oilalar vakillari, bobo va buvijonlar bilan samimiy suhbatlar uyushtirildi. Ularning ota-onalari hamda o‘qituvchilari bilan ham suhbatlashib, voyaga yetmagan maktab o‘quvchilarini nazoratsiz va qarovsiz qoldirmasliklari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version