Mashhurlar
O‘zbek rok yulduzi Davron Gʻoyipov vafot etdi

Oʻzbekistonlik mashhur rok va pop yulduzi Davron Gʻoyipov 61 yoshida og‘ir xastalikdan soʻng vafot etdi. Bu haqida suxandon Tolibjon Isroilov xabar qildi.
“Mamlakat yana bir mahoratli afsonasidan ayrildi. Bugun oʻz tugʻilgan kunida rok-pop yulduzi Davron Goyipov olamdan utdi. 61 yosh, bir oz vaqtli edi-da. Alloh bilguvchi! Hozirgina jiyani bilan gaplashdim, janoza va dafn Xorazmda bo‘lar ekan. Bu qadar, qismatga boʻysunamiz. Davron aka yaxshi inson edi! Inna lillahi va inna ilayhi rojiun”, — deb yozadi suxandon oʻz Instagram sahifasida.
Maʼlumot uchun, Davron Gʻoipov 1961-yilning 7-oktabrda Urganch shahrida tugʻilgan. U 17 yoshidan gitarada juda yaxshi ijro etgan va 1980-yilgacha “Yalla” guruhi gitaristi boʻlgan. Yosh boʻlishiga qaramay,, 1981-yilda oʻzing “Original” guruhini tuzadi va tez orada mashhur boʻlib ketadi. Uning “Kerak emas shahlo koʻzlaring”, “Shoshmagin”, “Bu nima bu?” va yana bir qator qoʻshiqlari hozir ham sevib tinglanadi.
Davron Gʻoipovga “afsonaviy oʻzbek qoʻshiqchisi” deya taʼrif berishadi.