Maşhurlar

Shahlo Zoirova “Bravo” ning konsertida chiqmaganiga izoh berildi

Aktyor, rejissyor Umid Umarov hamkasbi Shahlo Zoirovaning “Bravo” jamoasining yangi konsertida chiqmaganiga izoh berdi.

Uning soʻzlariga koʻra, hozirda Shahlo Zoirovaning toʻy xizmatlari koʻp. Aktyor hamkasbi bilan ziddiyatga borilmaganini aytdi. Umid Umarov aktrisaning eri unga oilasiga koʻproq vaqt ajratishini soʻraganini ham takidlab oʻtdi.

“Shahloning toʻy xizmatlari koʻp. Hozircha shu. U bilan ziddiyatga borganimiz yoʻq, bilganimiz turmush oʻrtogʻi koʻproq oilaga vaqt ajratishini soʻrabdi. Shu bois, bu yilgi konsertda ishtirok etolmaydi”, – deydi Umid Umarov.

Shuningdek aktyor Durdona Qurbonovaning konsertda chiqishiga ham munosabat bildirdi. Rejissyorning taʼkidlashicha, aktrisaning jamoada qolish yoki qolmasligi hali aniq boʻlmagan. Umid Umarov “Bravo” jamoasi keyingi konsertlarda qayta Shahlo Zoirova bilan ishlashi mumkinligini aytdi.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version