Maşhurlar

Sherali Jo‘rayevning qo‘shiqlarini to‘ylarda kuylash mumkin (-mi?)

Xonanda Zohirshoh Joʻrayev Instagram sahifasida otasi Sherali Joʻrayevning qoʻshiqlarini qay holatda kuylash mumkinligini aytdi.

Uning soʻzlariga koʻra, otasining qoʻshiqlarini kuylanishga qarshi emas. Xonanda ularni kelajak avlodga asl holida yetkazish tarafdoriligini taʼkidladi. Shu sababli Zohirshoh Joʻrayev ijodkorlardan otasining qoʻshiqlarini asl holida kuylashni soʻradi. Shuningek, xonanda ularni ijtimoiy tarmoq, televideniye yoki radio targʻib qilish mumkinmasligini ham aytdi.

“2021-yilda Prezident qaroriga binoan, Mualliflik palatasi tashkil etilgandi. Bizning oilamiz birinchilardan boʻlib shu palata bilan hamkorlik qilib kelmoqda. Yaqinda koʻp muhokamalarga sabab boʻlgan taʼqiqlar haqida maʼlumot berib oʻtmoqchiman. Otamning qoʻshiqlarini kuylashga qarshiligimiz yoʻq. Faqat bir iltimosimiz bor. Sanʼatkorlar qoʻshiqning asl holatini buzmasdan aytsin. Chunki, biz bu goʻzal, shoh asarlarning kelajak avlodga asl holida yetib borish tarafdorimiz. Bir yangilikni aytib oʻtmoqchiman, otamning qoʻshiqlaridan bemalol foydalanishingiz mumkin. Faqat toʻy xizmatlari va yaxshi kunlar, tugʻilgan kunlarda ijro qilsangiz boʻladi. Faqat asl holatini buzmaslikni iltimos qilamiz. Otamning qoʻshigʻini ijro etgan talqiningizni ijtimoiy tarmoqlar, televideniye, radioda reklama qilish, targʻib qilishga ruxsat berolmaymiz. Chunki, biz uni asl holatida yetkazib berish tarafdorimiz”, – deydi u.

Javob berish

Eng köp öqilgan maqolalar

Exit mobile version