Maşhurlar
Durdona Qurbonova $10 000 ga ham Imronning klipida tushmasligini aytdi

Aktrisa Durdona Qurbonova Instagram sahifasidagi jonli efir paytida unga muxlislaridan biri Imronning yangi klipida tushishi haqida savol bergan. Aktrisa esa katta miqdordagi summa bersa ham u bilan ishlamasligini taʼkidlagan. Xonanda Imron uning suratini ruxsatsiz sahifasiga joylaganiga ham munosabat bildirgan.
“10 ming dollar bersa ham klipiga tushmayman. Rasm qoʻyishdan oldin bir ogʻiz soʻrashi kerak. Hali men uning klipida suratga tushamanmi yoki yoʻqmi. Indamasdan rasmimni qoʻyib qoʻyish toʻgʻrimasda. Men tushmasamchi. 10 ming dollar bersa ham klipida tushmayman”, — deydi u.
Imron 6-sentabr kuni sahifasiga Dilnoza Kubayeva, Durdona Qurbonova, Sitora Farmonova hamda Asal Shodiyevaning suratini joylagan. Xonanda kuzatuvchilaridan yangi klipida qaysi aktrisani koʻrishni xohlayotgani haqida soʻragan. Ulardan koʻpchiligi Dilnoza Kubayevani tanlagan. Baʼzilar esa Imron Durdona Qurbonova bilan yaxshi partnyor boʻlishi haqida yozgan.
“Assalom aleykum azizlar, yangi klipimizga qaysi aktrisani rol ijro etishini istaysiz?”, — deb yozadi xonanda.