Islom
Gunohlardan tiyilish uchun nima qilish kerak?

Savol: Gunohlardan tiyilish uchun nima qilish kerak? Iltimos, shuni yo‘lini ko‘rsatsangiz.
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohim. Gunohlardan tiyilish ko‘p narsaga bog‘liq. Siz yashab turgan muhit, oshna-og‘aynilar va yaqinlaringizning ta’siri katta. Shularga ham e’tibor qiling. Alloh taoloning zikrini ko‘paytiring. U Zotning ne’matlari haqida ko‘p tafakkur qilib, ne’mat bergan Zotga noshukrlik va nonko‘rlik qilmaslikka harakat qiling. Yaxshi va solih insonlarning suhbatida ko‘proq bo‘ling. Rasmiy imom-domlalarimizning ma’ruzalarini ko‘p tinglang. Luqmangizning haloldan ekaniga e’tiborli bo‘ling. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo hay’ati.
Manba: O‘zbekiston musulmonlari idorasi Buxoro viloyati vakilligi.