Buxoro yangiliklari

Buxoroda gimnastika bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogining viloyat bosqichi yakunlandi

2022-yilning 7-oktabr kuni Buxoro viloyati Gimnastika sport turlariga ixtisoslashtirilgan sport maktabida “Gimnastika barcha uchun” (gimnastrada) sport turi bo‘yicha sportchi xotin-qizlar o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Kubogi musobaqasiga saralash doirasida Buxoro viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqa sportning “Gimnastika barcha uchun” (gimnastrada) turini ommalashtirish, xotin-qizlarni ommaviy tarzda jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish va uni yanada rivojlantirish maqsadida tashkil etildi. Unda viloyatimizning barcha tuman va shaharlaridan kelgan jamoalar ishtirok etdi.

Musobaqa 3 toifada o‘tkazildi:
– 14 yoshgacha;
– Miks (aralash);
– 45 yoshdan yuqori.
Gʻolib va sovrindorlar 6 nominatsiyada aniqlandi:
– Eng yaxshi dinamika;
– Eng yaxshi obraz;
– Eng yaxshi xoreografiya;
– Gimnastika elementlarining eng yaxshi tanlovi;
– Kompozitsiyaning originalligi;
– Eng yaxshi uyg‘unlikni namoyish etgan kompozisiya.

Musobaqa so‘ngida eng ko‘p ball to‘plagan 14 yoshgacha bo‘lgan hamda Miks (aralash) yo‘nalishida Buxoro shahri jamoasi, shuningdek, 45 yoshdan yuqori bo‘lgan yosh toifasida Kogon shahri jamoasi ushbu musobaqaning respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritishdi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version