Buxoro yangiliklari

Seyid Taleh buxorolik Oilaviy bolalar uylari tarbiyalanuvchilari uchun konsert berdi

Kuni kecha Milliy gvardiya Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi tashabbusi bilan shou-konsert dasturi tashkil qilindi, – deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Unda harbiy xizmatchilarining oila a’zolari va Oilaviy bolalar uyi tarbiyalanuvchilari madaniy hordiq chiqarishdi. Buxoro shahridagi Alisher Navoiy shoh ko‘chasida joylashgan Yoshlar markazida taklif etilgan ozarbayjonlik taniqli qo‘shiqchi Seyid Taleh musiqiy ko‘ngilochar dasturlari orqali bolajonlar va ularga hamrohlik qiluvchilar kayfiyatini ko‘tarilishiga sababchi bo‘lishdi.

Bolalar miriqib o‘ynab kulishdi, jo‘shqin kayfiyatlari ularning raqslarida ham namoyon bo‘ldi. Ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tgan konsert dasturidan ishtirokchilar ulkan ta’asurotlar bilan qaytishdi.

Quyida esa xonandaning mashhur qo‘shiqlaridan birini havola qilamiz.

Video:

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version