Buxoro yangiliklari
FVB G‘ijduvondagi maktabga nima uchun bordi?

13-oktabr – Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni
BMT Bosh assambleyasining 2017-yilning 17-yanvardagi rezolyutsiyasiga asosan, har yilning 13-oktabr sanasi “Xalqaro tabiiy ofatlar xavfini kamaytirish kuni” deb e’lon qilingan. Ushbu kun doirasida respublikamiz bo‘ylab ham keng qamrovli tadbirlar o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan kuni kecha G’ijduvon tumanidagi 60-IDUM da amaliy seminar bo’lib o’tdi. Tadbirda tuman FVB xodimlari tomonidan sodir bo‘lishi mumkun bo‘lgan tabiiy ofatlar va ularning turlari, xavfini kamaytirish, ular sodir bo’lganda to’g’ri harakat qilish, o’zini va atrofdagilarni qutqarish usullari to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, seminarda kuz-qish mavsumida is gazidan zaharlanish, yong‘in, chaqnash kabi holatlarni oldini olish va aholini bu kabi holatlardan ogoh etish borasida olib borilayotgan sa’y-harakatlar haqida ham to‘xtalib o‘tildi.
So‘ngra seminarning amaliy jarayonlari boshlanib, o‘quvchilar yong’in o’chirish texnikasi va yong’in o’chirish, qutqaruv asbob-anjomlari bilan tanishib chiqishdi, soha mutaxassislari zarur hollarda ulardan qanday foydalanish kerakligi ko‘rsatib berildi.