Buxoro yangiliklari
Eshitishda nuqsoni bor bolalar maxsus maktabida bolajonlar chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi

Kuni kecha viloyat SSB va viloyat XTB bilan hamkorligida Buxoro shahridagi 123-sonli kar va zaif eshituvchi bolalar uchun ixtisoslashtirilgan maktab-internatida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rik tashkil etildi.
Mazkur maktab-internatida 200 nafarga yaqin kar va zaif eshituvchi o‘quvchilar ta’lim olib kelayotgan bo‘lib, viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi shifokorlari hamda viloyat bosh surdologi tomonidan barcha o‘quvchilar audometriya tekshiruvidan o‘tkazildi. Shuningdek, shu kuni bolalar tor doiradagi mutaxassislar ko‘rigidan ham o‘tkazildi, yakunida esa psixolog tomonidan ularning ruhiy holatlati bo‘yicha xulosalar berdi.
Ma’lumot uchun, mazkur tibbiy ko‘rikni tashkil etishda Buxoro viloyat prokuraturasi amaliy yordam ko‘rsatishdi.