Buxoro yangiliklari

Kollej/texnikumlarda o‘qish qachondan boshlanadi?

Kollej va texnikumlarda 3 ta taʻlim shakli boʻyicha oʻqish 17-oktabrdan boshlanadi.

Maʼlumki, 2022/2023-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarga sirtqi, kechki va dual taʻlim shakllari boʻyicha Davlat test markazining https://my.dtm.uz sayti orqali roʻyxatdan oʻtgan abituriyentlarni kirish imtihonlarisiz toʻlov-shartnoma asosida oʻqishga qabul qilinadi.

Yuqoridagi tartibda oʻqishga qabul qilingan oʻquvchilar uchun taʻlim jarayonlari joriy yilning 17-oktabrdan boshlanadi.

Maʻlumot oʻrnida, 2022/2023-oʻquv yilida O‘zbekiston bo‘yicha kollej va texnikumlarga:
– sirtqi taʼlim shakli boʻyicha 36 140 nafar;
– kechki taʼlim shakli boʻyicha 1 596 nafar;
– dual taʼlim shakli boʻyicha 4 870 nafar abituriyent online roʻyxatdan oʻtgan.

Oʻqishga kirgan abituriyentlar tegishli taʼlim muassasalarining qabul komissiyasiga murojaat etishlari soʻraladi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version