Buxoro yangiliklari

Milliy gvardiya qizlar uchun master-klass o‘tkazmoqda

Kuni kecha Milliy gvardiya Qo‘riqlash boshqarmasi tomonidan yosh sportchilarni tarbiyalashga qaratilgan zamonaviy kamondan o‘q otish bo‘yicha navbatdagi targ‘ibot tadbirlarini Buxoro shahridagi 35-IDUM da o‘tkazdi, deya xabar bermoqda tashkilot matbuot xizmati.

Tashkil etilgan mahorat darslari o‘quvchilar orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish, kamondan otish an’analari va qadriyatlarini kelajak avlodlarga yetkazish uchun xizmat qildi.

Shuningdek, hafta boshida boshqarma mutaxassislari tomonidan Buxoro davlat universiteti talabalari uchun ham xuddi shunday mahorat darslari tashkil etildi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version