Jahon
Ukrainadagi vaziyatni yumshatishga hissa qo‘sha olmayapman – Ilon Mask

Amerikalik milliarder Ilon Mask 15-oktabr kuni Ukraina atrofidagi vaziyatdagi keskinlikni kamaytirishga qaratilgan barcha urinishlari behuda bo‘lganini aytdi, – deb xabar bermoqda TASS.
“Vaziyatni yumshatish uchun bor kuchim bilan harakat qilyapman, lekin aftidan, bu borada hyech bir muvaffaqiyatga erishmadim”, – deb yozdi u Twitter’da.
I. Mask o‘zining SpaceX kompaniyasi Starlink’ning Ukrainadagi sunʻiy yo‘ldoshli aloqa tizimini taʻminlashda davom etishini aytdi, ammo kompaniya Pentagondan xarajatlar uchun pul to‘lash va tizim faoliyatini moliyalashtirishni so‘rab ham murojaat qilgan.
Eslatib o‘tamiz, u bundan oldin o‘zining Twitter sahifasida “operatsiya SpaceX uchun hozirgacha 80 million dollarga tushgani va yil oxirigacha xarajatlar 100 million dollardan oshishi” haqida yozgan edi.
Milliarder SpaceX kompaniyasi mavjud tizimni cheksiz vaqtgacha taʻminlab, minglab qo‘shimcha terminallarni jo‘natishda davom eta olmasligini haqida ogohlantirgan.
Shuningdek, Ilon Mask bir necha kun oldin Ukrainada tinchlikka erishish uchun o‘zining takliflarini ilgari surgan edi. Birinchi qadam sifatida u yaqinda Rossiyaga o‘tgan hududlarda BMT nazorati ostida referendumlar o‘tkazishni taklif qildi. Tadbirkorning so‘zlariga ko‘ra, Qrim rasman Rossiya Federatsiyasi tarkibiga kiradi, Ukraina esa neytral maqomini eʻlon qilishi mumkin.
Uning bu taklifiga javoban, Ukrainaning Germaniyadagi elchisi Andriy Melnik ingliz tilida behayo iborani tilga oldi va ilon Maskka “ortga chekinishni” maslahat berdi.