Özbekiston
Jondorda IIB tungi reydlar uyushtirmoqda

Jondor tumani Ichki ishlar bo‘limi shaxsiy tarkibi hamda sohaviy xizmatlar bilan hamkorlikda tuman hududida tungi vaqtlarda jinoyat va huquqbuzarliklar profilaktikasini taʼminlash va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ularni barvaqt oldini olish, fuqarolarning mol-mulklarini ishonchli muhofaza qilish maqsadida “Xavfsiz tun” profilaktik tadbirlari tashkil qilinmoqda, deya xabar bermoqda IIB matbuot xizmati.
Olib borilgan mazkur tungi reydlar davomida 2 ta o‘g‘rilik jinoyati issiq izidan fosh etilgan bo‘lsa, 35 ta tig‘li jismlarni olib yurish qoidalarini buzish, qishloq xo‘jaligi ekinlarini payxon qilish va 29 ta yo‘l harakati qoidalarini buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklar aniqlandi.
Tungi vaqtlarda bemaqsad yurgan yoshlarning ota-onalari bilan ertasi kuni profilaktik ishlar olib borilib, bilib-bilmay turli ko‘ngilsiz hodisalar ishtirokchisiga aylanib qolmasliklari bo‘yicha ogohlantirildi.