Mashhurlar
“Handalak” guruhi a’zolari urushib qolishganmi?

So‘z ustasi, aktyor Zokir Ochildiyev YouTube’dagi «ShokUZ» loyihasiga bergan intervyusida Ortiq Sultonov bilan nima sababdan birga ijod qilmayotganini aytdi.
Uning so’zlariga ko‘ra, Ortiq Sultonov bilan birga ijod qilsa, o‘zi topayotgan daromaddan 2 yoki 3 barobar ko‘proq topadi. Biroq Ortiq Sultonov hozirda Samarqandda yashayotgani uchun ular birga ijod qilolmayapti. Zokir Ochildiyev sherigi bilan urishib qolmaganini aytib, u bilan tez-tez gaplashib turishini ta’kidladi.
«– Agar biz Ortiq Sultonov bilan birga ijod qilsak, 2 yoki 3 barobar ko‘proq daromad qilishimiz mumkin. Biz ajralib ketmaganmiz. Alohida ijod qildik degani ajralib ketdi degani emas. Sherigim hozirda Samarqandda yashaydi. U Samarqand shahar madaniyatini boshqaryapti. Balki yana ijodimizni davom ettirarmiz. Biz urushib qolmaganmiz. Tez-tez gaplashib turamiz», – deydi aktyor.