Jahon

Iroq parlamenti Latif Rashidni mamlakatning yangi prezidenti etib sayladi

Unga 162 deputat, uning raqibi, sobiq prezident Barham Solihga 63 deputat ovoz berdi, – deb xabar qilmoqda Rudaw.

Endi mamlakatda hukumatni shakllantirish boshlanadi.

Yangi bosh vazirlikka nomzod Muhammad al-Sudaniy 30 kundan keyin hukumatni shakllantirishi kutilmoqda.

Ilgari Rashid Iroq suv xo’jaligi vaziri bo’lib ishlagan, shuningdek, Kurdiston vatanparvarlik ittifoqi partiyasining vakili bo’lgan.

Iroqdagi korruptsiyaga qarshi namoyishlar 2021-yil oktabr oyida mamlakatda muddatidan oldin parlament saylovlariga sabab bo’ldi. Biroq, siyosiy bloklar o’rtasida hukumatni shakllantirish mexanizmlari bo’yicha kelishmovchiliklar tufayli saylangan parlament aʻzolari hukumat tuza olmadi.

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version