Jahon

Avstriyada prezident saylovlari bo‘lib otdi

Kuni kecha Avstriyada oʻtkazilgan prezidentlik saylovida Aleksandr Van der Bellen 56,69% ovoz bilan ikkinchi muddatga prezident etib saylandi.

Aleksandr Van der Bellen Avstriyaning barcha 116 administrativ markazlarida gʻalaba qozondi. Asosiy raqiblari Uolter Rozenkars 17,68 foiz, Dominik Vlanzy 8,31 foiz olgan.

Avstriyada saylov yoshi 16 yosh. Prezidentlikka nomzodini qoʻymoqchi boʻlgan shaxs 35 yoshdan kichik boʻlmasligi, kamida 6000 ta qoʻllab-quvvatlash deklaratsiyasiga ega boʻlishi va 3 600 yevro miqdoridagi toʻlovni amalga oshirishi zarur. Nomzodlarni roʻyxatdan oʻtkazish saylovga 37 kun qolganda tugaydi. Bu yil saylovda 7 ta nomzod kurashdi.

Avstriyada prezident 6 yil muddatga saylanadi. 50% dan koʻproq ovoz olgan nomzod gʻalaba qozongan hisoblanadi. Avstriyada saylovchilarning umumiy soni 6,4 million kishini tashkil etmoqda

Javob berish

Eng ko‘p o‘qilgan maqolalar

Exit mobile version